Ommaviy oferta

“IT PARK ZOMIN TUMANI TA’LIM MARKAZI” MChJning itclms.uz online o‘quv platformasining jismoniy shaxslarga yo‘llagan

OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI

Ommaviy oferta platformaga joylangan sana-30-oktyabr, 2023-yil.

1. Umumiy qoidalar

1.1. O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli, 72a uy manzili bo‘yicha joylashgan “IT PARK ZOMIN TUMANI TA’LIM MARKAZI” MChJ (ATBToshkent Shahar filiali «O‘zsanoatqurilishbank” hisob raqami № 20208000300908346001, MFO 00440, STIR 305672632, Davlat guvohnomasi raqami № 625423), bundan keyin “Xizmat ko‘rsatuvchi” deb yuritiladi; ushbu ommaviy ofertani akseptlovchi jismoniy shaxslarga (kelgusida “foydalanuvchi”) ushbu ofertada aks etgan shartlar asosida o‘quv materiallarni onlayn taqdim etish xizmatlarini (bundan keyin “onlayn o‘quv kursi” yoki “xizmatlar” deb yuritiladi) taqdimetish shartlarini belgilaydi.

1.2. Ushbu shartnoma Xizmat ko‘rsatuvchi ommaviy ofertasi bo‘lib, IT PARK ZOMIN TUMANI itclms.uz vebsaytida (bundan keyin “platforma” deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tish va undagi xizmat va materiallaridan foydalanish shartlarini belgilaydi.

1.3. Foydalanuvchining platformada ro‘yxatdan o‘tishi mazkur ofertani qabul qilganligini anglatadi. Ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab, foydalanuvchi ushbu shartnoma shartlarini qabul qilgan va shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

2. Shartnoma predmeti

2.1. Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchiga platformada joylashgan o‘quv va axborot materiallaridan bepul foydalanish imkoniyatini beradi.

2.2. Pullik ta’lim kontentidan foydalanish uchun Foydalanuvchi Xizmat ko‘rsatuvchi bilan alohida shartnoma tuzishi lozim.

3. Taraflarning huquq va majburiyatlari

3.1. Xizmat ko‘rsatuvchi platformadagi o‘quv materiallarini ularning dolzarbligi hamda zamonaviy ta’lim standartlari va bozor talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda yangilab borish va kengaytirish majburiyatini oladi.

3.2 Xizmat ko‘rsatuvchiplatformada mavjud bo‘lgan barcha o‘quv materiallari malakali mutaxassislar va o‘zlarining tegishli bilim sohalaridagi ekspertlar tomonidan ishlab chiqilganligiga kafolat beradi.

3.3 Xizmat ko‘rsatuvchiyuqori sifatli kontentni, jumladan uning ilmiy asoslanganligi, amaliy ahamiyati va taqdimotning tushinarligini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

3.4. Foydalanuvchi platformada mavjud bo‘lgan materiallardan faqat shaxsiy ta’lim va kasbiy mahoratini oshirish uchun foydalanishga rozilik bildiradi.

3.4. Foydalanuvchi platformadan o‘quv materiallarini tijorat maqsadlarida ko‘chirmaslik, tarqatmaslik yoki foydalanmaslik, shu jumladan qayta sotmaslik, pullik o‘quv kurslarida nashr etmaslik yoki Xizmat ko‘rsatuvchining yozma ruxsatisiz boshqa tijorat maqsadlarida foydalanmaslik majburiyatini oladi. Shu bilan birga, foydalanuvchi mualliflik huquqi va axborot manbasini ko‘rsatgan holda ushbu materiallarni notijorat maqsadlarda ijtimoiy tarmoqlar va Internetda tarqatishi mumkin.

3.5. Foydalanuvchi platformadagi barcha o‘quv materiallari va kontentlarni mualliflik huquqi bilan himoyalanganligini va Xizmat ko‘rsatuvchiga yoki uning litsenziyasi asosida faoliyat yurituvchi subyektlarga tegishli ekanligini tan oladi.

3.6. Foydalanuvchi platforma va undagi o‘quv materiallaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Xizmat ko‘rsatuvchidan maslahat va texnik yordam olish huquqiga ega. Xizmat ko‘rsatuvchi elektron pochta, platformadagi onlayn chat yoki platformada ko‘rsatilgan boshqa aloqa vositalari orqali texnik yordam beradi.

3.7. Xizmat ko‘rsatuvchio‘z vaqtida va malakali yordam ko‘rsatishga intiladi, lekin vaqt zonalaridagi ehtimoliy farqlarni, ish soatlari hamda kiruvchi savollar hajmini hisobga olgan holda Xizmat ko‘rsatuvchi barcha so‘rovlarga darhol javob berishga kafolat bermaydi.

4. Taraflarning javobgarligi

4.1. Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchi tomonidan platforma materiallaridan foydalanish natijasida yuzaga keladigan bevosita va bilvosita zarar, foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarning boy berilgan foydalari uchun javobgar bo‘lmaydi.

4.2. Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan taqdim etilgan o‘quv kurslarini sotib olish orqali olingan barcha bilimlar faqat qonuniy va axloqiy maqsadlar uchun mo‘ljallanganligini tan oladi va rozi bo‘ladi. Foydalanuvchi platformada olgan bilimlaridan noqonuniy, qonunga yoki axloqqa zid harakatlar, jumladan, xakerlik, axborotga ruxsatsiz kirish, zararli dasturlarni yaratish va tarqatish, intellektual mulk huquqlarini buzish uchun foydalanmaslik majburiyatini oladi.

4.3. Xizmat ko‘rsatuvchi axborot texnologiyalari (IT) sohasida o‘quv xizmatlarini taqdim etadi va o‘qitish natijasida Foydalanuvchi platformada olgan bilimlaridan noqonuniy yoki qonunga zid ravishda foydalanlanganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

4.4. Agar Foydalanuvchi platformada olgan bilimlaridan noqonuniy yoki qonunga zid ravishda foydalansa, Foydalanuvchi bunday harakatlar uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va bunday harakatlar bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq bo‘lgan har qanday zararni Xizmat ko‘rsatuvchiga qoplab berishga rozilik beradi.

4.5. Agar Foydalanuvchi platformada olgan bilimlaridan noqonuniy yoki qonunga xilof maqsadlarda foydalanayotganligi aniqlansa, Xizmat ko‘rsatuvchi xizmatlarni taqdim etishdan bosh tortish yoki Foydalanuvchining o‘quv kurslariga kirishini oldindan ogohlantirmasdan to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4.6. Foydalanuvchi platformada olgan bilimlaridan foydalanish bilan bog‘liq barcha ehtimoliy xavf-xatarlardan xabardor ekanligini tasdiqlaydi va qonuniylik, axloq va jamoat xavfsizligi tamoyillariga muvofiq harakat qilish majburiyatini oladi.

5. Shartnomani bir tomonlama bekor qilish

5.1. Xizmat ko‘rsatuvchi quyidagi hollarda foydalanuvchilarning platformaga kirishini bir tomonlama cheklash yoki ushbu shartnomani bekor qilish huquqiga ega:

5.1.1. Foydalanuvchi tomonidan ushbu shartnoma shartlarini buzish, shu jumladan, platformadagi materiallardan Xizmat ko‘rsatuvchining tegishli ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish, yolg’on ma’lumotlarni yoki uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallarni tarqatish.

5.1.2. Platformaning normal ishlashini buzishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish, jumladan, ruxsatsiz kirishga urinish, viruslarni tarqatish va xakerlik hujumlarini amalga oshirish.

5.1.3. Ro‘yxatdan o‘tish paytida foydalanuvchi o‘zi haqida noto‘g’ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etish.

5.1.4. Qonun bilan to‘g’ridan-to‘g’ri taqiqlangan yoki Internetdagi xatti-harakatlar qoidalari va mezonlarini buzadigan boshqa harakatlar.

5.2. Foydalanuvchining platformaga kirishi cheklangan taqdirda, Xizmat ko‘rsatuvchi cheklash sabablarini ko‘rsatgan holda foydalanuvchini qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi.

5.3. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Xizmat ko‘rsatuvchi xizmatlaridan voz kechish huquqiga ega, bu esa ushbu shartnomani bekor qilish bilan barobardir. Buning uchun foydalanuvchi o‘z qarori haqida Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan belgilangan tartibda Xizmat ko‘rsatuvchini xabardor qilishi kerak.

6. Shaxsiy ma‘lumotlarni qayta ishlash

6.1. Foydalanuvchi Xizmat ko‘rsatuvchiga platformada ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish jarayonida taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan, ismi, familiyasi, elektron pochta manzili, aloqa telefoni, ta’lim olganligi to‘g’risidagi ma‘lumoti va kasbiy ma’lumotlarini qayta ishlash uchun foydalanishga o‘z roziligini beradi.

6.2. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashdan maqsad platformadagi o‘quv materiallariga kirishni ta’minlash, yangiliklardan xabardor qilish, o‘quv jarayonini tashkil etish, shuningdek, platformada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashdir.

6.3. Xizmat ko‘rsatuvchifoydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar yoki foydalanuvchi bunday harakatlarga to‘g’ridan-to‘g’ri rozilik bergan hollar bundan mustasno.

7. Boshqa shartlar

7.1. Ushbu shartnoma ommaviy oferta foydalanuvchisi tomonidan platformada roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab kuchga kiradi va nomaʼlum muddatga amal qiladi.

7.2. Xizmat ko‘rsatuvchiushbu shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi, bu haqda foydalanuvchilarni platforma yoki elektron pochta orqali xabardor qiladi. Bunday o‘zgarishlar kuchga kirgandan so‘ng foydalanuvchilarning platformadan foydalanishi ularning yangilangan shartlarni qabul qilgani deb hisoblanadi.

7.3. Ushbu shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‘liq barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan va amaldagi qonunchilikka muvofiq hal qilinadi.

7.4. Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchilarni platforma orqali xabardor qilgan holda, ushbu shartnoma shartlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.